Oddiy, Sifatli Cheksiz Dizayn
AKBW (AKBARA KRAFT BRAND WEAR) — O‘zbekistonda tashkil topgan zamonaviy kiyim platformasi bo‘lib, soddalik, sifat va minimal dizayn g‘oyalariga asoslangan.
Platformaning asosiy maqsadi kundalik hayot uchun qulay, zamonaviy va estetik jihatdan toza kiyimlarni taklif qilish orqali o‘ziga xos uslubni shakllantirishdir.

Platforma g‘oyasi shovqinli trendlar va tez o‘zgaruvchan modadan ko‘ra, uzoq muddatli qiymatga ega bo‘lgan dizayn, sokin ranglar va sifatli materiallarga tayanadi.
Akbarov Abdulloh
AKBW Asoschisi
Ortiqcha bezaklarsiz, tushunarli shakllar va sokin ranglar orqali xarakter ifodasi.
Har bir mahsulot tanlashdan tortib mijozga yetib borguncha qat'iy nazorat.
O'zbekistonda boshlanib, xalqaro miqyosga intilayotgan barqaror rivojlanish.
Platforma Toshkent shahrida tashkil topgan bo‘lib, faoliyati AKBARA GROUP tarkibida olib boriladi. AKBW jamoasi dizayn, sifat nazorati va onlayn savdo jarayonlariga alohida e’tibor qaratadi.
AKBW dastlab sifatli ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish orqali bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlashni maqsad qilgan. Kelajakda esa platforma o‘z dizayniga ega bo‘lgan, AKBW falsafasini to‘liq aks ettiruvchi mahsulotlarni yaratishni rejalashtiradi.
Bizning barcha jarayonlarimizda shaffoflik va ishonch birinchi o'rinda.
Raqamli muhitda ochiq, tushunarli va qulay xarid tajribasi.
Ortiqcha bezaklarsiz, tushunarli shakllar va sokin ranglar orqali o'zingizni namoyon qiling.